G'alaba muborak
⭐️ O‘zbekiston merganlari Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada yana bir bor g‘alabani qo‘lga kiritdi Sentyabrning 3-10 kunlari Koreyaning Gyeonggi provinsiyasi Gvangju shahrida joylashgan Koreya armiyasi Maxsus operatsiya kuchlari qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan "III Xalqaro merganlar musobaqasi" doirasida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining merganlar terma jamoasi uchinchi marotaba ishtirok etdi. Ushbu tadbir bizning jamoamiz uchun faqat raqobat emas, balki xalqaro standartlarga moslashtirish, professional rivojlanish va strategik hamkorlikni mustahkamlash imkoniyati bo‘ldi.