"Fuqarolar tinchligi - biz uchun eng katta yutuq" / #2 Qahramonlar
Agrobank tomonidan jamiyatdagi fidoyi insonlarning hayoti hamda faoliyat yo‘lini yoritishga qaratilgan yangi loyiha — Qahramonlar! Loyihaning navbatdagi qahramoni xorazmlik Bahodir Qalandarov. U Yangiariq tumani Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika katta inspektori, podpolkovnik lavozimida 26 yildan beri faoliyat olib bormoqda. "Shuhrat" medali sohibi.